Hayit bayrami kuni Toshkentda yuk mashinalari harakati cheklanadi

E’lon qilingan sana· 194
Hayit bayrami kuni Toshkentda yuk mashinalari harakati cheklanadi

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 16-iyun, yakshanba kuni soat 00:00 dan 10:00 ga qadar Toshkentda barcha turdagi yuk transport vositalarining harakati to‘liq — kirish-chiqish, shahar ichida harakatlanishi cheklanadi. Bu haqda poytaxt YHXB xabar berdi.

Bunga sabab qilib, Qurbon hayiti namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash koʻrsatilgan. Shu kuni poytaxtning 121 ta masjidida hayit namozi oʻqilishi kutilmoqda.

Shuningdek, 16-iyun kuni soat 00:00 dan 07:00 gacha poytaxtning quyidagi ko‘chalari va yo‘llarida avtotransport vositalarining harakati to‘liq cheklanadi:

Mirzo Ulug‘bek tumani :

  • “To‘ra buva” masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi — Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li — Sultoniya ko‘chasigacha.

Bektemir tumani :

  • “Xo‘ton”" masjidi oldidagi Bektemir shoh ko‘chasi — Husayn Boyqaro ko‘chasidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.

Olmazor tumani:

  • “Islomobod” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi — KXAY- Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon — Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Hazrati imom” masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi — Qorasaroy — Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Qorasaroy — Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha.

Shayxontoxur tumani:

  • “Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Ko‘kcha Darvoza — Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza — Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Xo‘ja Alambardor” masjidi oldidagi Bunyodkor — Kamolon ko‘chalari chorrahasidan Kamolon — Ustazoda 2-tor ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi — Nurafshon — Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon — Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.

Chilonzor tumani:

  • “Ubay ibn Ka’b” masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi — Al Xorazmiy — Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy — Katta qani chorraxasigacha;
  • “Katta Qozirobod” masjidi oldidagi Chilonzor ko‘chasi — Chilonzor — Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor — Nurxon ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi — Al-Xorazmiy — So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasidan — So‘galli ota ko‘chasigacha;
  • “Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor-Muqumiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha bo‘lgan yo‘lda harakat cheklanadi.

Uchtepa tumani:

  • “Abdullox ibn Ma’sud” masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi — Lutfiy — Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy — Katta qa’ni ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Hazrati Ali” masjidi Nazarbek-Maxorat ko‘chalari chorraxasidan Nazarbek-Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari chorrahasigacha.

Yunusobod tumani:

  • “Minor” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi — KXAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KXAY -Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi — Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasigacha.

Yakkasaroy tumani:

  • “Usmon bin Ma’zun” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi — KXAY — Qushbegi chorrahasidan KXAY — Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasigacha.

Yashnobod tumani:

  • “Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi — Farg‘ona yo‘li — Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li — Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Ali ibn Abu Tolib” masjidi oldidagi Cho‘lpon ko‘chasi — Imom Buxoriy — Cho‘lpon ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘lpon — Salohiyat ko‘chalari chorrahasigacha.

Mirobod tumani:

  • “Qo‘yliq ota” masjidi oldidagi TXAY ko‘chasi — Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan TXAY va Munis ko‘chalari chorrahasigacha cheklanadi.

Bundan tashqari, masjidlar joylashgan boshqa ko‘chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

Eslatib o‘tamiz, shu kuni Toshkent metropoliteni 03:00 dan ish boshlaydi va soat 10:00 gacha aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi.