Qurbon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 234
Qurbon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 16-iyun, yakshanba kuni Qurbon hayiti namozining hududlardagi o‘qilish vaqtlarini e’lon qildi.

Qurbon hayiti namozi vaqtlari:

  • Andijon viloyati 05:00;
  • Namangan viloyati 05:00;
  • Farg‘ona viloyati 05:00;
  • Toshkent shahri 05:10;
  • Toshkent viloyati 05:15;
  • Sirdaryo viloyati 05:15;
  • Jizzax viloyati 05:15;
  • Samarqand viloyati 05:20;
  • Surxondaryo viloyati 05:20;
  • Qashqadaryo viloyati 05:25;
  • Navoiy viloyati 05:25;
  • Buxoro viloyati 05:30;
  • Xorazm viloyati 05:45;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi 05:50;

Xabarda ushbu jadvalda ko‘rsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 15−20 daqiqalik farqni inobatga olib belgilangani eslatib oʻtilgan.

Eslatib oʻtamiz, Qurbon Hayiti kuni Toshkent metropoliteni 03:00 dan ish boshlaydi va 10:00 gacha undan foydalanish bepul boʻladi.