O‘zbekistonda Qurbon hayiti 16-iyun kuni nishonlanadi
E’lon qilingan sana: · 488
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.
Qarorga ko‘ra, 2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun — yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan Oʻzbekistonda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.
Ta’kidlanishicha, Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun — dushanba kuniga ko‘chiriladi. Shuningdek, 18-iyun — seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.