“Uzbekistan Airways Express” reyslarida qo‘l yuki hajmi oshirildi

E’lon qilingan sana· 232
“Uzbekistan Airways Express” reyslarida qo‘l yuki hajmi oshirildi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi “Uzbekistan Airways Express” reyslarida bepul qoʻl yuki hajmi oshirilganini ma’lum qildi. Endi yoʻlovchilar oʻzlari bilan 8 kggacha qoʻl yuki olib yurishi mumkin. Oldin bu norma 5 kggacha boʻlgan.

Ushbu reyslarda bagajni tashish shartlari bir xil boʻlib qoladi va bagajni tashish huquqi bilan chipta sotib olgan yoʻlovchilar uchun 1 dona bagajga ruxsat beriladi:

  • Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalar — 23 kg (158 sm) dan oshmasligi kerak;
  • 2 yoshgacha boʻlgan bolalar — 5 kg dan (115 sm).

Bepul bagaj haqida maʼlumotni aviakompaniyaning www.uzairways.com rasmiy veb-saytining “Maʼlumot” boʻlimida olish mumkin.

Uzbekistan Airways Express” — Moskva, Rostov-na-Donu, Krasnodar, Mineralniye Vodi, Novosibirsk, Qozon, Sochi, Yekaterinburg, Aktau va Aqto‘bega sayohat qilishning arzon varianti. Ushbu reyslar uchun chipta narxlari bortda koʻrsatiladigan xizmatlar kamligi sababli 20 foizga arzonlashtirilgan.