Triplicity: Yangi avlodning korporativ sayohatlar menejmentiga yondashuvi taqdim etildi

E’lon qilingan sana· 224
Triplicity: Yangi avlodning korporativ sayohatlar menejmentiga yondashuvi taqdim etildi

Trevolution Group korporativ sayohat xizmatini ishga tushirdi, bu mijozlarga biznes sayohatlarida qulaylik yaratib, korporativ sayohatlardagi qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi.

ASAP Tickets, Skylux Travel, Dreamport, Ojoo va boshqa yirik sayyohlik brendlari bilan birgalikda faoliyat yurituvchi Trevolution Group O‘zbekistonda o‘zining Triplicity deb nomlangan yangi korporativ sayohat xizmati ishga tushirilishini eʼlon qildi. Triplicity har qanday o‘lchamdagi va sohadagi kompaniyalarga mo‘ljallangan bo‘lib, korporativ sayohatlar murakkabligi bo‘ylab to‘g‘ri yo‘naltiradi, bu esa ish safarlarini muammosiz va stresssiz o‘tishiga imkon beradi.

Triplicity har bir korporativ mijozning ehtiyojlari, byudjet imkoniyatlari va biznes maqsadlaridan kelib chiqqan holda moslashtirilgan va maʼlumotlarga asoslangan xizmatlarni boshqarishga ixtisoslashgan.

Safarni bron qilish samarali parvoz marshrutlarini yaratish va muvofiqlashtirish, qulay turar joy variantlari va transferlarni taqdim etish, ish uchrashuvlarini tashkil etish va boshqa ko‘p narsalarni o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, Triplicity bilan hamkorlik qiladigan mahalliy va xalqaro kompaniyalar zamonaviy texnologiyalar orqali o‘zlarining ichki resurslarini optimallashtirishlari, turli manfaatdor tomonlarning ish yukini yengillashtirishlari va umumiy biznes sayohat xarajatlarini kamaytirishlari mumkin.

“Bugungi kunda sayohat boshqaruv xizmatlari samarali va arzon bo‘lishi uchun ular tezkor, o‘zgaruvchan va shaffof bo‘lishi lozim. Ishonchli korporativ sayohat boshqaruv taʼminotchilari bilan hamkorlikni tanlash bugungi kunda doimiy ravishda rivojlanib borayotgan biznes muhitida muvaffaqiyatga erishish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston xalqaro miqyosda tobora kengayib borayotgan kompaniyalari bilan jahon iqtisodiyotining muhim o‘yinchisiga aylangan. Biz ushbu istiqbolli bozorda o‘zimizning yuqori darajadagi korporativ sayohat xizmatlarimizni ishga tushirayotganimizdan va yangi professional imkoniyatlarimiz sari harakatlanayotganimizdan xursandmiz”, — dedi Trevolution kompaniyalar guruhi asoschisi Aleks Vaynshteyn.

Turli sohadagi bizneslarga sayohatni boshqarish bo‘yicha majmuali yechimlarni taqdim etish bilan bir qatorda Triplicity kompaniyasining tajribasi sayohat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, qonun va qoidalarga rioya qilish, xarajatlar va risk larni boshqarish hamda biznes egalarining ishtirokini maksimal darajada kamaytirish uchun sayohatlarni batafsil tahlil qilish yo‘nalishida ham kengayib boradi. Bundan tashqari, Triplicity 70 dan ortiq hamkor aviakompaniyalarning faqat kelishilgan sayohat tariflariga kirish uchun xizmat taʼminotchilari bilan munosabatlarni boshqarish bilan shug‘ullanadi, shu bilan birga hech qanday komissiya to‘lovisiz kutilmagan muammolarni hal qilish uchun 24 soat jonli yordamni taʼminlaydi.

ASAP Tickets, Skylux Travel, Dreamport, Dreampass, Ojoo va boshqa sayohat brendlarini boshqaruvchi Trevolution Group do‘stlar va qarindoshlarni ziyorat qilishga ixtisoslashgan sayyohlik biznesida bozor yetakchilaridan biri sifatida mashxur. Trevolution Group brendi ostida kompaniyalar 2023 yilda 840 000 dan ortiq aviachiptalar va paketli turlarni sotdi, bu esa uni Qo‘shma Shtatlardagi to‘rtinchi yirik sayohat konsolidatoriga aylantirdi.

Batafsil maʼlumotni havola orqali olishingiz mumkin.

Reklama huquqlari asosida.