Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz oʻtadi
E’lon qilingan sana: · 117
Toshkentda 1−2-iyun kunlari kechasi va kunduzi havo harorati barqaror bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Yozning birinchi kuni, ob-havo maʼlumotlariga koʻra, kun biroz bulutli boʻladi, havo harorati +33° gacha koʻtariladi. Shamol — janubi-g‘arbdan 10−15 km/soat tezlikda esadi. Kechasi havo biroz bulutli boʻladi, harorat +18° gacha tushishi kutilmoqda. Shamol shimoli-sharqdan 10−15 km/soat tezlikda esadi.
Yakshanba kuni tushdan keyin Toshkentda, prognozga ko‘ra, havo biroz bulutli bo‘ladi, havo harorati +33° gacha ko‘tariladi. Shamol — shimoldan, shimoli-sharqdan 15−25 km/soat tezlikda esadi. Dushanba kechasi biroz bulutli boʻladi, havo harorati +18° gacha tushishi kutilmoqda. Shamol — shimoli-sharqdan 15−25 km/soat tezlikda esadi.