Iyun oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

E’lon qilingan sana· 300
Iyun oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

2024-yilda yoz iliq ob-havo bilan boshlanadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet xizmati agentligi.

Qayd etilishicha, harorat kunduz kunlari +28…+33 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +35…+38 darajagacha bo‘ladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin.

Iyun oyining birinchi besh kunligida O‘zbekiston bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarda 4−5-iyun kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Harorat kechalari +14…+19, kunduz kunlari +28…+33 daraja, ba’zi joylarda +35 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +37 darajagacha bo‘ladi.

6−10-iyunda ayrim kunlarda (1−2 kun) ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechalari +14…+19, kunduz kunlari +28…+33 daraja, shimolda va cho‘l hududlarda +35…+37 darajagacha bo‘ladi.

Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda harorat asosan kechalari +15…+20, kunduz kunlari +33…+38, janubda va cho‘l hududlarda +40 darajagacha bo‘ladi. Oyning ikkinchi o‘n kunligida qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi ehtimoli ko‘p.