May oyining oxirida havo harorati isishi kutilmoqda
Toshkentda bahorning so‘nggi kunlarida yog‘ingarchiliksiz, issiq va quyoshli ob-havo boʻlishi kutilmoqda.
27-may kuni biroz bulutli havo boʻladi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +28° gacha ko‘tariladi, kechasi esa +15° gacha tushadi.
28-may kuni esa ertalab bulutli, kunduzi esa quyoshli havo kuzatiladi. Kunduzi havo harorati +28° gacha boʻladi. Kechasi esa +14° gacha tushadi.
29-may kuni havo biroz bulutli va yog‘ingarchiliksiz boʻladi. Kunduzi havo harorati +28° gacha koʻtariladi, kechasi esa +15° gacha tushadi.
30-may kuni havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +30° gacha ko‘tariladi. Kechasi havo harorati +16° gacha tushadi.
31-may kuni havo harorati +32° gacha ko‘tariladi va biroz bulutli bo‘ladi. Shanba kunga oʻtar kechasi ham biroz bulutli havo kuzatiladi. Harorat +17° gacha tushadi.