26−27-may kunlari Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport harakati cheklanadi

E’lon qilingan sana· 421
26−27-may kunlari Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport harakati cheklanadi

26−27-may kunlari Toshkentning ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalarining harakatlanishiga cheklov kiritiladi, deb xabar qildi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

Bu keng miqyosdagi xalqaro tadbirlar o‘tkazilishi hamda ayrim ko‘chalarda obodonlashtirish va qurilish-montaj ishlari davom etayotgani bilan bogʻliq.

“Zarurat bo‘lmaganda, haydovchilarga Toshkent shahriga harakatlanmaslikni tavsiya qilamiz”, — deyiladi xabarda.

YHXX ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklangan taqdirda, haydovchilardan “YPX xodimlarining talablariga, shuningdek, yo‘l belgilari va chiziqlarga qat’iy rioya qilishni” so‘radi.

Gazeta.uz'ning qoʻshimcha qilishicha, 26−27-may kunlari Rossiya prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi bo‘lib o‘tadi.