Yandex Go elektromobillar uchun yangi tarifni e'lon qildi
Yandex Go ilovasida “Elektro” tarifi ishga tushirildi. Ushbu tarifni tanlaganda buyurtmachi uchun faqat elektromobillar keladi.
Yangi tarifga kirish uchun taksi haydovchilarining reytingi yuqori bo‘lishi kerak. Shuningdek, haydovchilar uchun yangi tarifdan foydalanishga ruxsat berilishidan oldin yo‘lovchilar bilan muloqot qilish standartlari, dress-kod va yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari bo‘yicha qo‘shimcha treningdan o‘tadi.
Foydalanuvchilarga BYD, Dongfeng, Hongqi, Aion, Volkswagen kabi zamonaviy va keng avtomobillar taqdim etiladi.
Kompaniya ushbu segmentni faol rivojlantirishni rejalashtirgan, hamkor avtoparklarni esa bu turdagi avtomobillar sonini oshirishga undamoqda.
“Alohida tarif Toshkent shahri aholisiga yanada ekologik toza transport turlariga o‘tish imkoniyatini beradi. Bu esa o‘z navbatida atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytiradi, bundan tashqari, elektr transporti shahar hayoti sifatini yaxshilaydi, infratuzilmani rivojlantirishga yordam beradi energetika sohasiga investitsiyalarni jalb qiladi”, — deydi Yandex Go kompaniyasining MDHdagi rivojlanish bo‘yicha direktori Kirill Svinsov.
“Elektro” tarifida sayohatlar narxi 15 000 so‘mdan boshlanadi. Masalan, “Buyuk Ipak yo‘li” metro bekatidan Amir Temur maydonigacha bo‘lgan sayohat taxminan 27 000 so‘mga tushadi.