Samarqanddan Toshkentga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi
E’lon qilingan sana: · 368
24, 25, 26-may kunlari Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi, deb xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati.
Harakat jadvali:
- 775-sonli Samarqand — Toshkent yo‘nalishi: Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26;
- 776-sonli Toshkent — Samarqand yo‘nalishi: Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.
Shuningdek, 20-maydan boshlab ayrim poyezdlarning qatnov jadvali o‘zgardi:
- 9-sonli Buxoro — Toshkent yo‘nalishi: Buxoro 16:55 — Toshkent-Markaziy 23:34;
- 15-sonli Qarshi — Toshkent yo‘nalishi: Qarshi 17:48 — Samarqand
19:36—20:00 — Toshkent-Markaziy 23:33; - 6316-sonli Buxoro — Qarshi yo‘nalishi: Buxoro 14:06 — Qarshi 18:15;
- 6318-sonli Qarshi — Shahrisabz yo‘nalishi: Qarshi 18:35 — Shahrisabz 20:46.