Foto: Namanganda gullar festivali qanday oʻtmoqda?
E’lon qilingan sana: · 304
Namanganda 19-may kuni 63-xalqaro gullar festivali boshlandi. 23-iyunga qadar davom etadigan mazkur tadbirda an’anaviy avtoparad ham boʻlib oʻtdi.
Tabiiy gullar bilan bezatilgan 200 dan ortiq turli rusumdagi avtomashinalar viloyat markazining asosiy koʻchalari boʻylab Namangan xalqaro aeroporti oldidan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi oldigacha boʻlgan 10 kilometrdan ziyodroq yoʻlni bosib oʻtdi.
Bu yil festivalga 40 dan ortiq mamlakatdan mehmonlar tashrifi kutilmoqda.
Fotoreportajimizni tomosha qiling.
Fotosuratchi: Madina A'zam