"G‘alaba bog‘i" vaqtincha yopildi
E’lon qilingan sana: · 217

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi maʼmuriyati 20-maydan boshlab hudud vaqtincha yopilishini eʼlon qildi.
“G‘alaba bog‘i” majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida yangi ko‘rgazmalar o‘tkazish, majmuada kichik ta’mirlash va dezinfeksiya ishlarini olib borish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan tashrif buyuruvchilar uchun memorial majmua va davlat muzeyiga kirish vaqtincha to‘xtatildi.
Bog' ma’muriyati Afisha.uz'ga bogʻning ochilish sanasi hali noma’lumligi va alohida e’lon qilinishini ma’lum qildi.
Afisha.uz avvalroq Gʻalaba bogʻi haqida ajoyib fotogalereyaga ega katta maqola e’lon qilgandi.