Xivada IHTga a’zo davlatlar turizm vazirlarining XII sessiyasi o‘tkaziladi

E’lon qilingan sana· 108
Xivada IHTga a’zo davlatlar turizm vazirlarining XII sessiyasi o‘tkaziladi

2024-yilning 31-may — 2-iyun kunlari 2024-yilda “Xiva — Islom hamkorlik tashkilotining turizm shahri” etib tayinlangani musobati bilan qator xalqaro tadbirlar o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda Turizm qoʻmitasi axborot xizmati.

Avvalroq Xiva 2024-yilda “Islom dunyosining turizm poytaxti” deb e’lon qilingani munosabati bilan shahar butun Islom olamining diqqat-e'tiborini o‘zida jamlaydi. O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida IHTga a’zo davlatlar turizm vazirlarining XII sessiyasi o‘tkaziladi. Sessiya davomida IHTga a’zo mamlakatlarning turizm salohiyati taqdimotlari o‘tkaziladi, amalga oshirilgan ishlar natijalari tahlil qilinadi, istiqboldagi rejalar ko‘rib chiqiladi.

“Xiva shahriga Islom olamining turistik poytaxti maqomini berish shaharni xalqaro turizm bozoridagi eng yaxshi sayyohlik markazlaridan biriga aylantirish imkoniyatini beradi. YuNESKO mutaxassislari hatto Xivani qadimgi Afina, Rim va Qohira bilan solishtirishadi”, deya ta’kidlanadi xabarda.