Toshkentda “Avtomobilsiz kun” aksiyasi boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 165
Toshkentda “Avtomobilsiz kun” aksiyasi boʻlib oʻtadi

Toshkent shahrida 22-may, chorshanba kuni navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmari xabar berdi.

Aksiya O‘zbekiston Prezidentining 21-fevraldagi 37-sonli qaroriga muvofiq har oyning to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, aksiya doirasida Toshkent shahrida joylashgan barcha davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga poytaxt bo‘ylab harakatlanish uchun jamoat transporti, velosiped va atrof-muhitga zarar keltirmaydigan boshqa transport turlaridan foydalanish tavsiya qilingan.

Avvalroq Toshkentda har oyda bir marta “Avtomobilsiz kun” bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgandi.