Dam olish kunlari Toshkentda ob-havo yomonlashishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 115
Dam olish kunlari Toshkentda ob-havo yomonlashishi kutilmoqda

Dam olish kunlari Toshkentda ob-havoning yomonlashishi va kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Poytaxtda jumadan shanbaga o‘tar kechasi yomg‘ir ehtimoli 90%, yog‘ingarchilik darajasi taxminan 6 mm.

Prognozga ko‘ra, Toshkent shahri aholisi 18-may tongini kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq bilan kutib oladi. Kun boʻyi yomgʻir yogʻishi ehtimoli 90%. Kunduzi havo harorati +26° gacha koʻtariladi. Shamol janubdan janubi-sharqdan 10−15 km/soat tezlikda esadi. Kechasi havo harorati +16° gacha tushishi, yomg‘irning to‘xtashi kutilmoqda.

19-may kuni poytaxtda havo harorati +18° dan oshmasligi prognoz qilinmoqda. Kun davomida yogʻingarchilik ehtimoli 70%, yogʻingarchilik darajasi taxminan 6 mm. Shamol gʻarbdan shimoli-gʻarbdan 10−15 km/soat tezlikda esadi. Dushanbaga oʻtar kechasi havo harorati +13° gacha tushadi.