Toshkentda qator chorraha va ko‘chalarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari boshlanadi
Toshkent shahar hokimligi poytaxtning qator chorrahalari va ko‘chalarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlanishini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, ishlarning asosiy qismi may oyidan sentyabrigacha — maktablar va oliy o‘quv yurtlarida ta’til kunlarida amalga oshiriladi. Ishlar asosan tungi vaqtda bajariladi.
Ta’kidlanishicha, ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari birinchi marta keng ko‘lamda, yangi qoplama (ShMA) turlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, yer osti kommunikatsiyalari ham tekshiriladi.
“Ish jarayonida haydovchilar uchun ham, piyodalar uchun ham noqulayliklar tugʻilishi muqarrar. Biz oldindan uzr soʻraymiz va vaziyatni tushunishingizni soʻraymiz, chunki bu qisqa muddatli qiyinchiliklar uzoq muddatli qulaylik uchun xizmat qiladi”, deyiladi hokimlik xabarida.