Turkiyalik mashhur oshpaz Burak Toshkentda ikkita restoran ochmoqda

E’lon qilingan sana· 3 006
Turkiyalik mashhur oshpaz Burak Toshkentda ikkita restoran ochmoqda

Turkiyalik oshpaz Burak Özdemir koʻpgina internet foydalanuvchilari orasida oʻzining noodatiy tarzda ovqatlar tayyorlash usullari va tabassum qilayotgan videoroliklari bilan mashhur.

Instagramda cznburak akkaunti bilan faoliyat yuritadigan bloger-oshpaz hozirda 54 milliondan ortiq kuzatuvchilariga ega. Burakning ayni damda Turkiyadan tashqari Dubay (BAA), Lusail (Qatar), Manama (Bahreyn), Bredford (Angliya), Dushanba (Tojikiston) va Ummonda (Iordaniya) restoranlari ochilgan.

Ushbu roʻyxatga Oʻzbekiston ham kiritildi. Bu haqda Burak Instagram Stories orqali ma’lum qildi.

Restoranlar Magic City va Tashkent City bogʻlarida ochilishi kutilmoqda.

Ular qachon ochilishi, qaysi sanada rasman taqdimoti boʻlib oʻtishi haqida hozircha aniq ma’lumotlar yoʻq.