Endi Toshkentdagi mahalliy aeroport kirish yoʻlagidagi qoidabuzarliklar uchun jarimalar avtomatik tarzda haydovchiga yuboriladi
E’lon qilingan sana: · 167
Toshkent aeroportidagi mahalliy aviaqatnovlar terminalining kirish yoʻlagiga o‘rnatilgan yo‘l kameralarini O‘zbekistonning yo‘l harakati xavfsizligi tizimlari bilan integratsiyalash ishlari yakunlandi, deya xabar bermoqda “Uzbekistan Airports” axborot xizmati.
2024-yil 15-maydan boshlab tizim avtomatik ravishda ishlaydi. Kirish yoʻlagida ruxsat etilgan toʻxtash vaqtidan oshiq turgan haydovchilar avtomatik ravishda jarimaga tortiladi.
Terminalga qisqa muddatli kirish yengil avtomobillar uchun 5 daqiqagacha, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqagacha bo‘lgan vaqtga barchaga ruxsat etiladi.