Toshkentda “Talabalar teatr studiyalari” festivali o‘tkaziladi

E’lon qilingan sana· 463
Toshkentda “Talabalar teatr studiyalari” festivali o‘tkaziladi

18-may kuni soat 18:00da Toshkentdagi “Adiblar xiyoboni"da “Talabalar teatr studiyalari” festivali o‘tkaziladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Festival doirasida poytaxt oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar teatr studiyalari tomonidan sahnalashtirilgan spektakllarning namoyishi tashkil etiladi.

Spektakllar namoyishlari barcha uchun ochiq va bepul.