Toshkentda toʻrtta avtobus yo‘nalishi o‘zgartirildi
“Toshshahartransxizmat” poytaxtdagi beshta avtobus yo‘nalishida oʻzgarishlar boʻlganini ma’lum qildi.
9-maydan boshlab Temur Malik ko‘chasida tashkil etilgan ortga burilib olish joyi yopilganligi munosabati bilan, 2024-yil 9-may kunidan boshlab, 30, 95, 110 va 129-sonli avtobus yo‘nalishlarining to‘g‘ri yo‘nalishdagi shaharning markaziy qismlari tomon harakati, Ohangaron yo‘li koʻchasidan T.Malik koʻchasiga kirmasdan, Parkent ko‘chasi orqali uch qavatli yo‘l o‘tkazgichning tonnel qismi orqali o‘zgartiriladi.
Quyidagi suratlarda yashil rang bilan avtobuslar endi qanday harakatlanishi, qizil rang bilan esa avval qanday harakatlangani koʻrsatilgan:
Shuningdek, 9-maydan boshlab 72-sonli avtobus yo‘nalishining ish vaqti soat 5:00 da boshlanadigan boʻldi (avval 5:30).