"15 daqiqalik shahar": BI Group yangi uy-joy formatini taklif etadi
III xalqaro investitsiya forumida BI Group kompaniyasi rahbari Aydin Rahimbayev "15 daqiqalik shahar" yangi modeli haqida o‘rtoqlashdi.
Toshkentda III xalqaro investitsiya forumi yakunlandi, unda 93 mamlakatdan 2500 ishtirokchi, shu jumladan hukumat a’zolari va yirik biznes vakillari ishtirok etdi. Ayollar tadbirkorligini rivojlantirishdan tortib “aqlli” moliyagacha bo‘lgan juda ko‘p qiziqarli munozaralar bo‘lib o‘tdi. Ammo, ehtimol, panel sessiyalardagi muhim yo‘nalish qulay shaharsozlik mavzusi bӯldi. Hozirgi kunda deyarli har bir O‘zbekiston fuqarosini qiziqtirgan savol.
“15 daqiqalik shahar” modeli hududlarni kompleks rivojlantirish va shahar muhitini iloji boricha qulayroq qilish sohasidagi asosiy global tendensiyadir. Bu haqda BI Group Qozog‘iston qurilish holdingi rahbari Aydin Rahimbayev o‘z nutqida ma’lum qildi. Uning kompaniyasi 2019-yildan beri O‘zbekiston bozorida foliyat yuritib, unga sinovdan o‘tgan va keng talab qilinadigan amaliyot va texnologiyalarni faol integratsiya qilmoqda.
Ulardan biri bugungi kunda Qozog‘istonda tobora kuchayib borayotgan “Shahar ichida shahar” (Bigville) konsepsiyasi bo‘lishi mumkin. Uning asosiy g‘oyasi shundaki, kompaniya nafaqat turar-joy majmualarini quradi, balki ularga qo‘shni hududni uyg‘un ravishda rivojlantiradi, infratuzilma va kommunikatsiyalarni ishlab chiqadi. Natijada, hayot, ish va dam olish uchun muhim narsalar — ijtimoiy obyektlar, maktablar, biznes markazlari va dam olish maskanlari tom ma’noda uydan 15 daqiqalik piyoda masofada joylashgan boʻladi. Bu yondashuv fuqarolar uchun maksimal qulayliklar yaratish imkonini beradi.
Forumning panel sessiyasida qozog‘istonlik tadbirkor o‘z kompaniyasining xalqaro tajribasi haqida ham so‘zlab berdi va BI Group Toshkentda amalga oshirishni rejalashtirgan bir qator loyihalarni taqdim etdi. AQSh, Buyuk Britaniya va Turkiyaning yetakchi ekspertlari bilan iqtisodiyot, zamonaviy arxitektura va shaharsozlik bo‘yicha mutaxassislar bilan davra suhbatida keng qamrovli va qulay shaharsozlikning bir qator dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Aydin Rahimboyevning so‘zlariga ko‘ra, BI Group holdingi O‘zbekiston loyihalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmini yanada oshirishga va Bnect — qurilish jarayonlari ekotizimi, Connected Home — “Aqlli uy”, Big App — mijozlar xizmati uchun ilova, Smart Remont va boshqalar kabi innovatsion IT-tizimlarini ish jarayonlariga joriy etishga tayyor.
“Kompaniyamiz bugungi kunda dunyoning yetti mamlakatida, jumladan, AQSh va BAAda faoliyat yuritmoqda, biroq O‘zbekiston biz uchun ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. Biz ushbu bozorning istiqbolini, investitsiyaviy jozibadorligini ko‘rmoqdamiz. Mamlakat rahbariyati xalqaro biznes uchun barcha shart-sharoitlarni yaratmoqda, prezident Shavkat Mirziyoyev shaxsan ushbu jarayonlarga turtki beryapti va ularni nazorat ostida ushlab turibti. Bundan tashqari, bizning qardosh xalqlarimizni ko‘p jihatdan tarix, madaniyat va dunyoqarashning o‘xshash yelementlari, uylariga va kelajagiga munosabat bog‘lab turadi. Shuning uchun biz O‘zbekiston qurilish bozoriga investitsiyalar hajmini muntazam ravishda oshirishga qaror qildik”, — dedi Aydin Rahimbayev forumda.
Сайт: bi.group.uz
Instagram: @bi.group.tashkent
Reklama huquqlari asosida.