Toshkentdan Samarqandga qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyildi

E’lon qilingan sana· 216
Toshkentdan Samarqandga qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyildi

“Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 2024-yilning 3, 4, 5-may kunlari “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

“Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi:

  • Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26.

“Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi:

  • Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.

Eslatib oʻtamiz, 2024-yil 15-maydan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlarining chiptalar narxlari barcha toifalar uchun oshirilishi haqida xabar berilgandi.