Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi qayta tiklandi

E’lon qilingan sana· 1 662
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi qayta tiklandi

Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun poytaxtdan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga (“Chorvoq” erkin turistik zonasiga) grafik asosida qatnovchi mavsumiy avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 8:00 va 18:00 da jo‘naydi. Chorvoqdan (Humson) esa 6:00 va 16:00 harakatlanadi.

Qatnovlar “YUTONG” avtobuslarida amalga oshiriladi. Ushbu yo‘nalishda yo‘lkira narxi 20 000 so‘m etib belgilangan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling