“Qoʻrqma” asari asosida ishlangan badiiy-hujjatli film eʻlon qilindi

E’lon qilingan sana· 766
“Qoʻrqma” asari asosida ishlangan badiiy-hujjatli film eʻlon qilindi

“Mutolaa” loyihasi doirasida Javlon Jovliyevning “Qoʻrqma” asari asosida ayni nomdagi badiiy-hujjatli film suratga olindi va YouTube’da premyera qilindi.

“Qo‘rqma” filmi “Mutolaa” loyihasining kitob-kino yo‘nalishida suratga olingan bo‘lib, 2021-yil O‘zbekistonning bestseller kitobi bo‘lgan Javlon Jovliyevning ayni nomli asariga asoslanadi. Rejissor — Erkin Bozorov, operator — Samijon Sunnatullayev. Filmda rollarni Erkin Bozorov, Yusuf Fayziyev, Abbos Yo‘ldoshov, Dilshoda Jo‘rayeva ijro qilgan.

Filmni YouTube orqali tomosha qilish mumkin.

“Bu shunchaki film emas, bu millatimiz tarixida buyuk hodisa. Endilikda kitob-kino rukni orqali asarlarni jonlantirmoqchimiz”, deyiladi xabarda.