Hafta davomida havo harorati koʻtarilib boradi

E’lon qilingan sana· 357
Hafta davomida havo harorati koʻtarilib boradi

Boshlangan ish haftasi davomida O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet xizmati.

Toshkent shahrida 29-apreldan 3-maygacha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtachagacha bo‘lgan tezlikda esadi. Bugun va ertaga harorat +21…+24 daraja atrofida bo‘ladi, 1−3-may kunlari +25…+29 darajagacha ko‘tariladi. Harorat kechalari +12…+15 darajagacha ko‘tariladi.

30-aprel kuni faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

O‘tgan dam olish kunlari havo biroz salqinlashganidan so‘ng harorat foni ko‘tarila boshlaydi va hafta o‘rtasidan kunduz kunlari +24…+29 darajagacha, ba’zi joylarda +31 darajagacha isiydi. Kechalari harorat +10…+15 darajagacha ko‘tariladi.

Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, 1-mayda ba’zi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Respublikaning tog‘li hududlaridagi ba’zi joylarda 29−30-aprel kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 2000 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.