"Afrosiyob" poyezdlari uchun chipta narxlari yana oshiriladi
2024-yil 15-maydan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlarining chiptalar narxlari barcha toifalar uchun oshiriladi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Bunda narxlar ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass vagonlari uchun 40 foizga koʻtariladi.
Narxlar koʻtarilgandan soʻng Toshkentdan Buxoro, Qarshi va Samarqand shaharlariga borish narxi quyidagicha boʻladi:
Toshkent — Buxoro
- VIP 890 000 so‘m;
- Biznes 600 000 so‘m;
- Ekonom 403 000 so‘m.
Toshkent — Qarshi
- VIP 747 000 so‘m;
- Biznes 507 000 so‘m;
- Ekonom 338 000 so‘m.
Toshkent — Samarqand
- VIP 554 000 so‘m;
- Biznes 358 000 so‘m;
- Ekonom 244 000 so‘m.
Ta’kidlanishicha, mazkur qarorga “temir yo‘l infratuzilmasini isloh qilish, elektr-energiya, yoqilg‘i, logistika va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish maqsadida” kelingan.
Eslatib oʻtamiz, 2023-yilning 20-oktyabrida ham “Afrosiyob” poyezdlari uchun chipta narxlari 100 foizga oshirilgandi.