Futzal boʻyicha Jahon chempionati Andijon, Buxoro va Toshkentda oʻtkaziladi
Futzal bo‘yicha 2024-yilgi FIFA jahon chempionatiga O‘zbekistonning Toshkent, Buxoro va Andijon shaharlari mezbonlik qiladi. Tarixda 10-bor tashkil etilayotgan musobaqa 14-sentabrdan 6-oktabrgacha davom etadi.
FIFA shafeligidagi musobaqada dunyoning quyidagi eng kuchli 24 terma jamoasi futzal bo‘yicha Jahon chempionligi uchun kurash olib boradi:
Angola, Argentina, Braziliya, Kosta-Rika, Xorvatiya, Kuba, Fransiya, Gvatemala, Qozog‘iston, Liviya, Marokash, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Panama, Paragvay, Portugaliya (amaldagi g‘olib), Ispaniya, Ukraina, O‘zbekiston (mezbon sifatida), Venesuela va OFKdan yana 4 jamoa (ularning nomi 28-aprelgacha ma’lum bo‘ladi).
Davlatlar jami oltita guruhga bo‘linadi. Har bir guruhning eng yaxshi ikki jamoasi va uchinchi o‘rinni egallagan to‘rtta eng yaxshi jamoa pley-off bosqichiga chiqadi. Shundan so‘ng guruhdan chiqqan 16 ta jamoa chorak final, yarim final, uchinchi o‘rin uchun bahs va final o‘yinlarida ishtirok etadi.
Guruh bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi 26-may kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadi.