21-aprel kuni Toshkentning markaziy ko‘chalarida yoʻllar yopiladi

E’lon qilingan sana· 191
21-aprel kuni Toshkentning markaziy ko‘chalarida yoʻllar yopiladi

21-aprel kuni Toshkent shahrida Xalqaro “BYD-Tashkent International Marathon” hamda “Yangi nafas” yugurish marafonlari o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan ertalab soat 04:30dan 14:00ga qadar quyidagi ko‘chalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi:

  • Afrosiyob ko‘chasi Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan chorrahasidan, Oybek ko‘chasigacha;
  • Oybek ko‘chasi Afrosiyob ko‘chasi bilan chorrahasidan Nukus ko‘chasi bilan chorraxasigacha;
  • Nukus ko‘chasi Oybek ko‘chasi bilan chorrahasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan chorrahasigacha;
  • Abdulla Qodiriy Nukus ko‘chasi bilan chorrahasidan Qorasaroy va Zarqaynar ko‘chalari bilan kesishgan joyigacha;
  • Abdulla Qodiriy ko‘chasi Qorasaroy va Zarqaynar ko‘chalari bilan kesishgan joyidan Shahrisabz ko‘chasi kesishgan chorrahasigacha;
  • Shahrisabz ko‘chasi Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan chorrahasidan Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishgan joyigacha;
  • Afrosiyob ko‘chasi Oybek ko‘chasi bilan chorrahasidan Sharof Rashidov shoh ko‘chasi bilan chorrahasigacha;
  • Sharof Rashidov shoh ko‘chasi Afrosiyob ko‘chasi bilan chorrahasidan Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorraxasigacha;
  • Islom Karimov shoh ko‘chasi Sharof Rashidov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasigacha.