Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Usmonova, Munojat Yoʻlchiyeva va Ogʻabek Sobirovlar "Tojikiston xalq hofizi" unvoni berildi

E’lon qilingan sana· 7 902
Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Usmonova, Munojat Yoʻlchiyeva va Ogʻabek Sobirovlar "Tojikiston xalq hofizi" unvoni berildi

18-aprel kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirzyoyevning Tojikistonga tashrifi doirasida ikki davlat madaniyat va san’at sohalari vakillarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston milliy musiqa san’ati instituti “Maqom xonandaligi” kafedrasi professori Munojatxon Yo‘lchiyeva, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi “Lazgi” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari Og‘abek Sobirov va xonanda Yulduz Usmanovaga “Tojikiston xalq hofizi” faxriy unvoni, O‘zbekiston milliy akademik drama teatri direktori Yodgor Sa’diyevga “Tojikiston xalq artisti” faxriy unvoni berildi.

Shuningdek, Tojikiston milliy konservatoriyasi rektori Mirali Do‘stizoda, Tojikiston milliy konservatoriyasi dots.nti Ismoil Nazriyev, Tojikiston Hukumati huzuridagi Televideniye va radio qo‘mitasining F.Shaxobov nomidagi “Shoshmaqom” ansambli rahbari Furqat Saidzoda, Bobojon G‘afurov tumani shoshmaqom ansambli rahbari To‘lqin Tojiboyev, A.Jo‘rayev nomidagi Tojikiston davlat filarmoniyasi “Falak” ansambli badiiy rahbari Rahmatullo Hoshimov “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi.

Davlat rahbarlari faxriy unvonlar nishonlarini o‘z sohiblariga tantanali ravishda topshirdi.