Dubayda oltin banknota muomalaga chiqarildi

E’lon qilingan sana· 498
Dubayda oltin banknota muomalaga chiqarildi

BAAning Dubay shahrida oltin banknota muomalaga chiqarildi. Bu haqda “Time Out Dubai” nashriga tayanib “Spot” xabar bermoqda.

Banknota 0,1 gramm 24 karatlik oltindan iborat qog‘ozdan tayyorlangan, unda Dubaydagi diqqatga sazovor joylar tasvirlangan. Barcha pullar singari, u ham o‘z seriya raqamiga ega, lekin to‘lov vositasi emas, bu kolleksiyali suvenir hisoblanadi.

Banknotalar Dubay oltin bozoridagi “Dian Jewellery” va “Shantilal Jewelers” magazinlarida mavjud.

Ularni “Dian Jewellery” veb-saytida ham onlayn xarid qilish mumkin. Ularning har biri 159 dirham (taxminan 40 evro) turadi va esdalik muqovasi bor.