Foto: Ecopark'da bahor

E’lon qilingan sana· 469
Foto: Ecopark'da bahor

Ecopark — poytaxtdagi attraksionlari boʻlmagan kam sonli parklardan biri. Shu sababli bu yer ancha tinch, kunduzi ham, kechqurun ham maysa ustida piknik qilib, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish mumkin.

Dam olish kunlari bu yerda gavjum boʻladi — parkka kirish bepul, lekin taksi bilan kelgan ma’qul — mashina qoʻyish joylari bilan bogʻliq muammolar bor.

Ish kunlarida bogʻda yoʻllar boʻylab sayr qilish, mashgʻulot maydonida mashq qilish, bahor gullari va gullagan daraxtlardan zavqlanish mumkin.

Bog' hududida bolalar oʻyin maydonchasi, kafe, fastfud tayyorlanadigan treylerlar bor — Ecopark’da vaqt oʻtgani bilinmaydi.

Azizbek Xamrakulov
Fotosuratchi
Azizbek Xamrakulov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling