O‘zbekistonda aholi soni bir kunda qanchaga oshmoqda?

E’lon qilingan sana· 3 430
O‘zbekistonda aholi soni bir kunda qanchaga oshmoqda?

O‘zbekistonda 2024-yilning 1-aprel holatiga koʻra doimiy aholi 36 963 262 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 2024-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda. Doimiy aholi soni 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 foizga oshgan.

Ma’lumot uchun, Oʻzbekiston aholisi 2024-yil boshidan buyon 163,5 ming kishiga ko‘paygan. Aholi 2024-yilning har bir oyida o‘rtacha 54,5 ming kishiga oshgan.