O‘zbekistonda 1-maydan elektr energiyasi va gaz narxi oshadi
O‘zbekistonda 2024-yil 1-maydan elektr energiyasi va gaz narxini oshirish, shuningdek, ularni iste’mol qilishning ijtimoiy normalarini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Respublikada isteʼmolchilar uchun elektr energiyasi va gaz isteʼmoli narxlari 2019-yil avgust oyidan buyon birinchi marta oshirilmoqda.
Energiya iste’moli uchun ijtimoiy norma:
- elektroenergiya — bir oyda 200 kVt / s gacha;
- gaz (martdan oktyabrgacha boʻlgan oraliqda) — 100 kubometrgacha;
- gaz (noyabrdan fevralgacha boʻlgan isitish mavsumida) — 500 kubometrgacha.
Energiya iste’molining ijtimoiy normasi deganda aholi tomonidan sotib olishda imtiyozli tarif qo‘llaniladigan energiya tushuniladi. Ya’ni, energiya ma’lum bir me’yorgacha nisbatan past (imtiyozli) narxda sotiladi va bu me’yordan yuqori iste’mol uchun bozor narxlarida sotiladi.
Oziq-ovqat tayyorlash uchun markazlashtirilgan elektr pechkalar bilan jihozlangan ko‘p qavatli uylar va yotoqxonalarda yashovchi iste’molchilar uchun elektr energiyasi tariflari:
- 225 soʻm (oldinroq 147,5 soʻm) ijtimoiy norma doirasida (oyiga 200 kVt·s);
- 450 soʻm — oyiga 201 dan 1 000 kVt·s gacha iste’mol qilinganda;
- 675 soʻm — oyiga 1 000 dan 5 000 kVt·s gacha iste’mol qilinganda;
- 787,5 soʻm — oyiga 5 000 dan 10 000 kVt·s gacha iste’mol qilinganda;
- 900 soʻm — oyiga 10 ming kVt·s dan koʻp iste’mol qilinganda.
Boshqa maishiy iste’molchilar uchun 1 kVt/soat elektr energiyasi narxi:
- 450 soʻm (avvalroq 295 soʻm) oyiga 200 kVt·s gacha iste’mol qilinganda;
- 900 soʻm — oyiga 201 dan 1 000 kVt·s gacha iste’mol qilinganda;
- 1 350 soʻm — oyiga 1 000 dan 5 000 kVt·s gacha iste’mol qilinganda;
- 1 575 soʻm — oyiga 5 000 dan 10 000 kVt·s gacha iste’mol qilinganda;
- 1 800 soʻm — oyiga 10 ming kVt·s dan koʻp iste’mol qilinganda.
Noyabrdan fevralgacha boʻlgan isitish mavsumida aholiga yetkazib beriladigan bir kub metr tabiiy gaz narxi:
- 650 soʻm (avvalroq 380 soʻm) 500 kubometrgacha gaz iste’mol qilinganda;
- 1 500 soʻm — 500 dan 2 500 kubometrgacha;
- 1 950 soʻm — 2 500 dan 5 000 kubometrgacha;
- 2 275 soʻm — 5 000 dan 10 000 kubometrgacha;
- 2 600 soʻm — 10 000 kubometrdan yuqori.
Mart oyidan oktabrgacha boʻlgan vaqtda aholiga yetkazib beriladigan bir kubometr tabiiy gaz narxi:
- 650 soʻm — 100 kubometrgacha gaz iste’mol qilinganda;
- 1 500 soʻm — 101 dan 2 500 kubometrgacha;
- 1 950 soʻm — 2 500 dan 5 000 kubometrgacha;
- 2 275 soʻm — 5 000 dan 10 000 kubometrgacha;
- 2 600 soʻm — 10 000 kubometrdan yuqori.
Hisoblagichlar yo‘q bo‘lganda ovqat tayyorlash va issiq suv ta’minoti uchun beriladigan gazning bir kub metri 1200 so‘m (ilgari 660 so‘m), isitish uchun esa 700 so‘m (ilgari 380 so‘m) bo‘ladi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz tarifi 1 kilogramm uchun 1600 so‘mni (ilgari 1120) tashkil etadi.
1-iyundan avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobchalariga sotiladigan gaz narxi 1800 so‘mni (ilgari 1500 so‘m) tashkil etadi.