Tabiat qoʻynida oilaviy dam olish mumkin boʻlgan 5 ta maskan
Bahor faslida O‘zbekiston tabiati, yorqin va rang-barang manzaralaridan bahramand bo‘lish uchun tabiat qo‘yniga borish istagi tug‘iladi. “Uzbekistan.travel” nafaqat Toshkentdagi, balki Oʻzbekistonning boshqa shaharlari chekkalaridagi borish mumkin bo‘lgan joylarni e’lon qildi.
Kumushkon, Toshkent viloyati
Kumushkon mahalliy sog‘lomlashtirish kurorti va ko‘plab sayyohlar uchun mashhur dam olish maskani hisoblanadi. Toza tog‘ havosi, tiniq suvli soylar va hovuzlar — bu ushbu maskan maqtana oladigan jihatlarning hammasi ham emas.
Toshkentdan masofa — 50 kilometr.
Nimalarni ko‘rish mumkin:
- dam olish maskani va “Kumushkon” sanatoriyasi;
- Hazrati Ali buva majmuasi.
Fotolar: “Uzbekistan.travel”
Parkent, Toshkent viloyati
Bahor kelishi bilan Toshkent viloyatining tog‘lari gullab-yashnay boshlaydi va chinakam ertaknamo holga keladi. Parkent tumani, So‘qoq tog‘lari toshkentliklar orasida ommalashgan joylar qatoriga kiradi.
Minglab odamlar So‘qoqning mashhur ko‘k somsa va mador somsa gastronomik brendlari, shuningdek, shirali kaboblaridan bahramand bo‘lish uchun bu yerga yoʻl oladi.
Toshkentdan uzoqligi — 50−55 kilometr.
Nimalarni ko‘rish mumkin:
- Kumushkon sayyohlik qishlog‘i;
- So‘qoq tog‘lari;
- Shato Hamkor (Chateau Hamkor) uzumzorlari;
- Fizika-Quyosh instituti;
- Chashma tog‘ bulog‘i.
Foto: “KalishTrip.uz”
Samarqand viloyati, Konigil qishlog‘i
Samarqanddan atigi 13 kilometr uzoqlikda Konigil sayyohlik qishlog‘i bor. Bu joy o‘zining noyob hunarmandchilik an’analari, betakror tabiati, sersoya daraxtlari, yaqin atrofdan oqib o‘tadigan Siyob daryosi bilan mashhur.
Ammo bu go‘shaning asosiy diqqatga sazovor joyi noyob qog‘oz ishlab chiqaradigan “Meros” fabrikasidir.
Toshkentdan uzoqligi — 298,5 kilometr.
Nimalarni ko‘rish mumkin:
- “Meros” qog‘oz fabrikasi;
- suv tegirmoni;
- Siyob daryosidagi ondatralar.
Fotolar: “Uzbekistan.travel”
Navoiy viloyati, Sentob qishlog‘i
Navoiy viloyatidagi Nurota tog‘lari bilan Qizilqum cho‘li oralig‘ida kichik Sentob qishlog‘i joylashgan. Shahardan uzoqda boʻlganligi sababli qishloq o‘zining asl qiyofasini va yaqinda turistik qishloq maqomini olgan O‘rta Osiyo qishlog‘ining an’anaviy qiyofasini saqlab qolgan.
Toshkentdan uzoqligi — 319,6 kilometr.
Nimani ko‘rish mumkin:
- Sarmishsoy darasidagi petrogliflar;
- Aydarko‘l ko‘li.
Foto: Madaniyat va turizm vazirligi
Shohimardon, Farg‘ona viloyati
Mamlakatning sharqiy chegarasida, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi betakror va go‘zal joylardan biri, Farg‘onadan 55 kilometr uzoqlikda joylashgan, Oʻzbekistonning ajoyib tog‘li eksklavi. Shohimardon qirg‘iz hududi bilan o‘ralgan va dengiz sathidan 1550 metr balandlikda joylashgan.
Farg‘onadan masofa — 55 kilometr. Toshkentdan Farg‘onagacha esa 315 kilometr.
Nimalarni ko‘rish mumkin:
- Moviy Qurbonko‘l ko‘li;
- Hazrat Ali majmuasi.
Foto: “Maslakdosh” kanali