Toshkent xalqaro aeroportida gul do‘koni ochildi

E’lon qilingan sana· 682
Toshkent xalqaro aeroportida gul do‘koni ochildi

13-aprel kuni Toshkent aeroportining uchib kelish zonasidagi kutib oluvchilar pavilyonida gul do‘koni ish boshladi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports.

Maydoni 17 kv.m. boʻlgan chakana savdo shoxobchasi E-auksion.uz elektron platformasidagi savdolar orqali oʻtkazildi. Do‘kon assortimentida ham tayyor guldastalar, ham alohida gullar mavjud bo‘lib, sotuvchi ulardan mijozning xohishiga ko‘ra guldasta yig‘ishi mumkin. Gullarni kerakli holda saqlash uchun barcha gullar tegishli havo harorati boʻlgan maxsus kichik xonada saqlanadi. Gul doʻkonida guldastalardan tashqari yumshoq oʻyinchoqlar, qutilar va sovgʻalarni oʻrash materiallari ham mavjud.

Poytaxt xalqaro aeroportidagi barcha savdo nuqtalari kabi gul do‘koni ham 24 soat davomida ishlaydi. Toʻlov uchun milliy va xalqaro bank kartalari hamda naqd pul (oʻzbek soʻmi) qabul qilinadi.

Shuningdek, kutib oluvchilar zalida qahva punkti, bankomatlar va mobil qurilmalarni quvvatlantirish stansiyasi mavjud.