“Turistik koʻcha” nima, u qanday koʻrinishga ega va Toshkentning qayerida joylashgan?
E’lon qilingan sana: · 571
“Turistik ko‘cha” 4-aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ochildi. Mazkur koʻcha Gulbozor mahallasidagi Chorsu kiyim bozori orqasida joylashgan.
Bu Toshkentning tarixiy qismi boʻlib, hududning oʻzi turizm xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan.
Bu yerda ko‘chaga olib boradigan tarixiy darvoza qayta tiklandi. Shuningdek, siz oʻyilgan ustunli katta ayvonni koʻrishingiz mumkin, uning yonida hovuz yaratilgan.
Shuningdek, ko‘cha bo‘ylab kashtachilik va hunarmandchilik ustaxonalari, novvoyxona, milliy taomlar tayyorlaydigan restoranlar, zargarlik do‘konlari, shahar mehmonlari uchun mehmonxona mavjud.
Bu yerda siz tarixiy Toshkent vaybini his qilishingiz va milliy koloritga shoʻngʻishingiz mumkin.
Batafsil ma’lumot fotoreportajimizda.
Fotosuratchi
Yevgeniy Sorochin