Toshkent xalqaro aeroporti yonida 100 xonali mehmonxona ochiladi

E’lon qilingan sana· 3 045
Toshkent xalqaro aeroporti yonida 100 xonali mehmonxona ochiladi

2024-yil oxirida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan 5 daqiqalik masofada joylashgan 100 o‘rinli yangi mehmonxona ishga tushadi, deb xabar bermoqda Accor global mehmonxona guruhi.

Ibis Styles brendi ostidagi mehmonxona birinchi marta O‘zbekistonda ochiladi.

Ibis Styles brendi ijodiy, tematik dizaynlar, qulay muhit va arzon narxlardagi qulay turar joy bilan ajralib turadi. Brendning keng geografiyasi 55 mamlakatdagi 670 dan ortiq mehmonxonalarni o‘z ichiga oladi, ularning har biri o‘ziga xos uslub va do‘stona muhitga ega.

ibis Styles Tashkent Airport 100 ta xonada, jumladan, 4 ta lyuksda turar joy taklif etadi — ularning barchasi aviatsiya mavzularidan ilhomlangan yorqin, zamonaviy uslubda bezatilgan.

Xonalar dam olish uchun zarur boʻlgan barcha narsalar, jumladan, qulay uyquni ta’minlaydigan innovatsion matraslarga ega ibisning Sweet Bed™ imzosi bilan jihozlangan boʻladi. Mehmonxona restorani mehmonlarga turli xil bufet nonushtasini taklif qiladi. Ish boʻyicha uchrashuvlar va tadbirlar uchun 220 kvadrat metrlik zal ajratiladi.

Ibis Styles Tashkent aeroportining ochilishi 2024-yil oxiriga rejalashtirilgan.