O‘zbekistonda Ramazon hayiti namozi vaqtlari e‘lon qilindi

E’lon qilingan sana· 7 555
O‘zbekistonda Ramazon hayiti namozi vaqtlari e‘lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2024-yil Ramazon hayiti (Iydul fitr) 10-aprel (shavvol oyining 1-kuni) chorshanba kuniga to‘g‘ri kelayotgani munosabati bilan hayit namozi vaqtlarini belgilab chiqdi.

Unga ko‘ra 2024-yil 10-aprel chorshanba kuni Ramazon hayiti namozi quyidagi vaqtlarda o‘qiladi:

  • Andijon viloyati — 06:00;
  • Namangan viloyati — 06:00;
  • Farg‘ona viloyati — 06:00;
  • Toshkent viloyati — 06:10;
  • Toshkent shahri — 06:10;
  • Sirdaryo viloyati — 06:10;
  • Jizzax viloyati — 06:15;
  • Samarqand viloyati — 06:20;
  • Surxondaryo viloyati — 06:25;
  • Qashqadaryo viloyati — 06:30;
  • Navoiy viloyati — 06:30;
  • Buxoro viloyati — 06:30;
  • Xorazm viloyati — 06:50;
  • Qoraqalpog‘iston respublikasi — 06:50.

Avvalroq Hayit bayrami kuni Toshkentda metro va avtobuslardan foydalanish ma’lum vaqt bepul bo‘lishi haqida xabar berilgandi.