Toshkentda “Eko-Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkaziladi

E’lon qilingan sana· 743
Toshkentda “Eko-Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkaziladi

13-aprel kuni Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Toshkent Markaziy eko bog‘ida “Eko-Zakovat” intellektual musobaqasi — ekologiyaga oid bilimlar bellashuvi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati.

Tadbir 15-aprel — “Ekologiyaga oid bilimlar kuni” munosabati bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Zakovat” intellektual klubi hamkorligida tashkil etiladi.

Intellektual musobaqada Toshkentdagi bir qator oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi talaba-yoshlar hamda ekofaollardan iborat zakovatchilar o‘zaro bellashib, ekologiya sohasidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi.

Tadbir vaqti: 13-aprel, soat 11:00.