O‘zbekiston davlat drama teatrida vaqtincha tomoshalar o‘tkazilmaydi

E’lon qilingan sana· 378
O‘zbekiston davlat drama teatrida vaqtincha tomoshalar o‘tkazilmaydi

1-apreldan boshlab “ma'lum muddat"ga qadar O‘zbekiston davlat drama teatri binosida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan teatr tomoshalarining binoda oʻtkazilishi vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ta’mir ishlari qancha vaqt olishi haqida aniq sana keltirilmagan.

O‘z navbatida, tomoshagohning ijodiy jamoasi joylarda ko‘chma spektakllar namoyishini va gastrol safarlarini davom ettiradi.