Toshkent tumanlarida ichimlik suvi vaqtincha oʻchiriladi
E’lon qilingan sana: · 464
Toshkent shahrida 2024-yil bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika — ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ iste’molchilarga ichimlik suv bosimining pasayishi va vaqtincha to‘xtatiladigan sana va manzillarni ma’lum qildi. Alohida rangda belgilangan tumanlarda suv qachon va qancha muddatga oʻchishi keltirilgan:
- Mirzo Ulugʻbek tumani;
- Uchtepa tumani;
- Yakkasaroy tumani;
- Shayhontohur tumani;
- Yashnobod tumani;
- Olmazor tumani;
- Chilonzor tumani;
- Sergeli tumani;
- Yangihayot tumani;
- Mirobod tumani;
- Yunusobod tumani.
Ta’kidlanishicha, suvsiz qolgan hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.