Endi aholi binolardagi himoyalash kerak bo‘lgan mozaikalar haqida xabar berishi mumkin

E’lon qilingan sana· 163
Endi aholi binolardagi himoyalash kerak bo‘lgan mozaikalar haqida xabar berishi mumkin

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi jamoatchilikni mamlakatning “madaniy merosini asrab-avaylash jarayonlariga daxldor” bo‘lishga va binolardagi himoya hamda muhofazaga muhtoj mozaika va pannolarning joylashuvi haqida xabar berishga chaqirdi.

Mozaikaning surati va joylashuvini mosaic@acdf.uz elektron manziliga yuborish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi oxirida hukumat qarori bilan Toshkent shahri va viloyatlar binolaridagi 160 ga yaqin mozaik pannolar Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgandi.