Toshkentda "Avtomobilsiz kun" tadbiri o‘tkaziladi

E’lon qilingan sana· 230
Toshkentda "Avtomobilsiz kun" tadbiri o‘tkaziladi

29-mart, juma kuni Toshkent shahrida “Аvtomobilsiz kun” tadbiri o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati.

““Avtomobilsiz kun"ni o‘tkazishdan asosiy maqsad sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, shuningdek, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlashtirish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini qaratishdir”, — deyiladi xabarda.

Ekologiya vazirligi barchani “Avtomobilsiz kun"ga befarq bo‘lmaslikka, shaxsiy avtomobillar o‘rniga jamoat transporti, metro, velosiped kabi atmosferaga kamroq zarar yetkazadigan transport vositalaridan foydalanishga chaqiradi.