Hafta davomida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi
26−29-mart kunlari O‘zbekiston hududiga O‘rta dengizdan nam havoning bir qismi kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda O‘zgidromet xizmati agentligi.
Poytaxtda 26-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 27−29-martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Dushanba va seshanba kunduzgi harorat +25…+27, 27-martda +20…+22, 28-martda +18…+20 daraja iliq, kechalari harorat asosan +11…+14 daraja iliq bo‘ladi.
25-mart kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo harorati +23…+28 daraja iliq, janubda va cho‘l hududlarda 30 darajagacha bo‘lgan quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi.
25-mart kuni respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
26-martda yuqori harorat foni saqlanib turadi, so‘ng havo harorati asta-sekin pasayadi va ish haftasining oxiriga kelib +13…+18 daraja iliqni tashkil etadi.
25−26 va 28−29-mart kunlari ba’zi joylarda shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayadi, 28−29-martda ayrim joylarda ba’zida 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Tog‘larda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.