Toshkentda 26-martdan isitish mavsumi yakunlanadi
E’lon qilingan sana: · 337
26-martdan Toshkent shahrida markaziy isitish tizimi o‘chiriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Hokimlikning ta’kidlashicha, isitish davri o‘rtacha kunlik harorat 8 darajadan yuqori bo‘lgan besh kunlik muddat tugagandan keyingi kuni tugatiladi.
“Shundan kelib chiqib, Toshkent shahri Gidrometeorologiya markazi ma’lumotlari hamda o‘rtacha kunlik havo harorati ayni paytda 10 darajadan yuqori bo‘lishini inobatga olgan holda 26-martdan mavsumini yakunlash rejalashtirilayotganini ma’lum qilamiz”, — deyiladi hokimlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, poytaxtda 6-noyabrdan isitish mavsumi boshlangan.