Navro‘z bayramida yomg‘ir yog‘ishi, hafta oxiri iliq bo‘lishi kutilmoqda
23−24-mart kunlari O‘zbekistonning barcha hududida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.
20−22-mart kunlari O‘zbekiston hududiga O‘rta dengizdan nam havo kirib keladi. Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 20−21-mart kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Poytaxtda 20-martda kechga tomon va 21−22-mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 21-martda shamol tezligi 15−17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat chorshanba kuni kunduzi +21…+23 daraja, 21-martda 15−17 daraja, 22-martda +12…+14 daraja, kechalari +9…+12 daraja atrofida bo‘ladi.
23−24-mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +6…+8 daraja, kunduz kunlari +17…+20 daraja iliq bo‘ladi.
20-martda respublikaning ko‘p hududlarida juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati +19…+24 daraja iliq atrofida, janubda +27…+29 daraja iliqqacha bo‘ladi.
21−22-mart kunlari harorat asta-sekin pasayadi, 22-martga kelib +10…+15 daraja iliqqacha bo‘ladi. 20−21-martda ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda ba’zida 25−28 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Shanba, yakshanba kunlari harorat kechalari salqinroq bo‘ladi: +5…+8 daraja iliq atrofida. Kunduz kunlari esa harorat yana ko‘tarila boshlaydi va +17…+20 daraja iliqni, ba’zi joylarda 22 daraja iliqqachani tashkil etadi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 20−22-mart kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘larda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.