Toshkent–Xiva yo‘nalishiga tezyurar poyezd qoʻyiladi
E’lon qilingan sana: · 426
Foto: Hyundai Rotem
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodiga tashrif buyurdi. Unda Toshkent-Xiva yo‘nalishiga qo‘yiladigan tezyurar poyezd haqida axborot berildi.
Ma’lumot uchun, prezident bu haqda 2022-yilda Xorazmda Jaloliddin Manguberdi haykalining ochilish marosimida aytgan edi. Bu uchun Janubiy Koreyaning “Hyundai Rotem” kompaniyasidan yuqori tezlikdagi elektropoyezd olib kelinishi mo‘ljallangan.
7 vagonga ega elektropoyezd 351 ta o‘rindiqqa ega bo‘ladi va soatiga 250 kilometr tezlikda harakatlana oladi.