Toshkentda avtobuslar bayram kunlari qay tartibda harakatlanishi ma’lum qilindi

E’lon qilingan sana· 682
Toshkentda avtobuslar bayram kunlari qay tartibda harakatlanishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonliklar Navro‘z bayramida ketma-ket 4 kun (21−24-mart kunlari) dam oladi. “Toshshahartransxizmat” bayram kunlari Toshkentdagi avtobuslar qay tartibda harakatlanishini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, poytaxtdagi avtobuslar faoliyati 4 kun davomida yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida tashkil etiladi.

  • 2024-yil 21-mart, payshanba — “Navroʻz” bayrami, dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2024-yil 22-mart, juma — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2024-yil 23-mart, shanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2024-yil 24-mart, yakshanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

Avvalroq ayrim o‘zbekistonliklar mart oyida umumiy hisobda 13 kun dam olishi haqida xabar berilgandi.