Uzum xodimlari umumxalq hashari doirasida butun O‘zbekiston bo‘ylab daraxt ekib chiqishdi
“Havodek zarur” loyihasi doirasida butun mamlakat bo‘ylab Uzum milliy raqamli ekotizim xodimlari hasharga chiqib, 100 dan ortiq daraxt ekishdi.
Toshkentda Uzum jamoasi Olmazor tumanida joylashgan Sog‘bon ko‘chasidagi xiyobonda shumtol ko‘chatlarini ekishdi va mamlakatning 20 ta shahrida Uzum Market milliy marketpleysining buyurtmalarini tarqatish punktlari oldida daraxtlar ekildi.
“Jamoa bilan birgalikda biz nafaqat raqamli ekotizimni, balki mamlakatimizning millionlab aholisi uchun kelajakni qo‘rmoqdamiz. Butun O‘zbekiston uchun muhim loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ekotizim jamoasi bilan birgalikda bizda mavjud bo‘lgan barcha resurslardan foydalanamiz: omborlar, logistika, vaqt va kuchimiz. Shunday qilib, biz ONA jamg‘armasiga butun mamlakat bo‘ylab muhtojlarga yordam ko‘rsatishda ko‘maklashamiz va bugun ko‘chalarimiz va havomiz toza bo‘lishiga hissa qo‘shish uchun butun mamlakat bo‘ylab xasharga chiqdik”, — dedi Uzum Market bosh direktori Ilshat Xametov.
Daraxtlarning koordinatalari “Yashil Makon” umummilliy platformasiga ma’lumotlarni kiritish uchun Ekologiya vazirligiga topshiriladi. Shu tariqa nafaqat Uzum xodimlari, balki davlat organlari ham ko‘chatlar holatini kuzatib borishadi.
Daraxtlar Farg‘ona, Buxoro, Navoiy, Andijon, Qarshi, Termiz, Namangan, Jizzax, Urganch, Qo‘qon, Nukus, Chirchiq, Angren, Olmaliq, Guliston, Shahrisabz, Bekobod, Marg‘ilon, Asakada ekildi.
Reklama huquqlari asosida.